AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning rejalarida Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan yangi sanksiyalar munosabati bilan shoshilinch muzokaralar o‘tkazish maqsadi yo‘q. Bu haqda brifing chog‘ida Trampning vakili Shon Spayser bayonot berdi, deb xabar qiladi “RBK”.
“Bu rejalashtirilmagan”, — uning so‘zlarini keltiradi Reuters.
Spayserning bildirishicha, boshlanishiga Tramp razvedka uyushmasidan yangilangan axborot olishni rejalashtirmoqda. Ushbu ma’lumotlar keyingi haftada taqdim etilishi kutilmoqda.
Bir muddat ilgari Tramp Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish tarafdorlariga javoban amerikaliklar o‘z shaxsiy hayoti bilan shug‘ullanishi lozimligini aytgan edi.
Izoh (0)