Moskva shahridagi Rassomlar markaziy uyida 28-dekabr kuni National Geographic’ning “Rossiya yovvoyi tabiati–2016” fototanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi va shu nomli eng yaxshi suratlarining ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Fototanlovda 55 mingdan ortiq suratlar ishtirok etdi. 300 ming rubl miqdoridagi bosh sovrin “Tulomsk tantiqliklari” muallifi – murmansklik suratkash Sergey Korolyovga nasib etdi. U “Manzaralar” nominatsiyada g‘olib bo‘ldi.
Moskvadagi ko‘rgazma 2017-yilning 14-yanvariga qadar davom etadi. Shundan so‘ng ko‘rgazma Sankt-Peterburgga, keyin esa Rossiyaning boshqa shaharlariga yo‘l oladi. TJournal “Rossiya yovvoyi tabiati–2016” fototanlovi g‘oliblarinining fotosuratlarini bir sahifaga jamladi.
“Tulomsk tantiqliklari”. Sergey Korolyov (Murmansk)
“Birinchi qush bolasi”. Dmitriy Velyunov (Smolensk), “Qushlar” nominatsiyasi g‘olibi
“Ular uchib keldi!”. Irina Polozkova (Moskva), “Sutemizuvchilar” nominatsiyasi g‘olibi
“Vulqon uxlamaganda”. Vladimir Voychuk (Klin), “Shomdan tonggacha” nominatsiyasi g‘olibi
“Atlant”. Konstantin Novikov (Podolsk), “Suv osti syomkasi” nominatsiyasi g‘olibi
“Oltin bo‘ron”. Darya Timoxina (Moskva), “Yosh iqtidorlar” nominatsiyasi g‘olibi
“Kechki quyoshni kuzatib”. Aleksandr va Natalya Fedosovlar (Korolyov), “Dahlsiz Rossiya” nominatsiyasi g‘olibi
“Kutilmagan mehmon”. Gennadiy Yusin (Moskva), “Ona va bolalar” nominatsiyasi g‘olibi
“Katta momaqaymoqning bir qismi”. Viktoriya Karpenko (Lugansk). “Makrosyomka” nominatsiyasi g‘olibi
“Qishki uyqu”. Oksana Ariskina (Novosibirsk), “O‘simliklar” nominatsiyasi g‘olibi
“Dinozavrlar davri o‘tdi”. Darya Selivanova (Moskva), “Oq-qora rangdagi tabiat” nominatsiyasi g‘olibi
“Toshli to‘lqinlar”. Anton Grigoryev (Moskva), “Mobil foto” nominatsiyasi g‘olibi
“Bo‘rilar girdobi”. Yevgeniy Polonskoy (Astraxan), “Fototarix” nominatsiyasi g‘olibi
“O‘rta chiziqning ‘Mars’ manzarasi”. Yuriy Sorokin (Lipetsk), “Hayot quvvati” nominatsiyasi g‘olibi
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)