Tu-154 halokati yerida ishlayotgan qidiruv va qutqaruv operatsiyasi ishtirokchilari samolyotning ikki bort o‘ziyozarini suv ostidan olib chiqmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Ilgariroq samolyotning bitta qora qutisi topilgani ma’lum qilingan edi. Keyinchalik uning dum qanoti bilan birga yana bir o‘ziyozar suvdan ko‘tarilayotgan haqida xabarlar tarqaldi.
“Kemaning pushtak-quyruq qismida joylashgan qolgan ikki bort o‘ziyozarini olib chiqish bo‘yicha operatsiya o‘tkazilmoqda. Ulardan biri allaqachon olib chiqilib, kemada turibdi”, — ma’lum qildi agentlikning hamsuhbati.
Uning so‘zlariga qaraganda, o‘ziyozarlar texnik vositalar yordamida tekshirilgan va rasshifrovka uchun yaroqli deb topilgan.
Izoh (0)