O‘zbekiston Prezidentining 2016-yil 20-dekabrdagi PF-4891-sonli farmoni bilan 1995-yil 27-iyunidagi “O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasining ichki konvertatsiyasini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga o‘zgartishlar kiritildi. Bu haqda, “Norma.uz”ga asoslanib, “Anons.uz” xabar bermoqda.
Kiritilgan tuzatishga muvofiq, vakolatli banklar tomonidan mijozlarning murojaatlariga binoan sotib olingan chet el valyutasidan foydalanish muddati 7 kundan 15 ish kuniga uzaytirildi. Shundan so‘ng u qaytadan sotilishi talab etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 21-dekabridagi 409-sonli qaroriga binoan quyidagi hujjatlarga tegishli o‘zgartishlar kiritildi:
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-iyundagi “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 245-sonli qarori;
Birjadan tashqari valyuta bozorida chet el valyutasini sotish va sotib olish operatsiyalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 10-iyuldagi 294-sonli qarori bilan tasdiqlangan).
Izoh (0)