Kardiff shahri (Uels)da baland poshnadan oyoqlari toliqqan noma’lum qizning McDonald’s qog‘oz xaltalarini kiyib olgani suratkash Mettyu Xorvud tomonidan suratga olindi, deb xabar bermoqda BuzzFeedNews.
Noma’lum qizning surati 16-dekabr, juma kuni mamlakatda Black Friday nomini olgan maishatbozlik kechasida olingani aytilmoqda. “Black Friday odamlar maishat qiladigan kun. Shu kuni ko‘plab idoralarda ko‘ngilxushliklar bo‘ladi”, – dedi foto muallifi.
Mettyu Xorvudning taxminicha, noma’lum qiz bir bazmdan boshqasiga yo‘l olayotgan edi. Ammo u qizning ismini so‘rashga ulgurmadi. “Men kulish bilan band edim. Odatda meni hayratlantirish qiyin, bu voqea esa boshqacha bo‘ldi”, – dedi suratkash.
Mettyu Xorvud ko‘zlariga ishonmaganini va endi o‘ziga kelganida qiz g‘oyib bo‘lganini payqadi. Suratkash qiz McDonald’s qog‘oz xaltalaridan voz kechsa, keyingi safar unga shippak olib berishga tayyor ekanini aytdi.
Noma’lum qizning suratlari ijtimoiy tarmoqlarda ham ommalashib, turli muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)