Nyu-Yorklik Lienn Lorichella uch yilcha avval murakkab va uzoq yo‘lni bosib o‘tishni talab qiluvchi ishxonasiga qatnar edi. Bu uning kuchli stressni boshdan kechirishga sabab bo‘lardi. Uzoq yo‘l uni butunlay holdan toydirardi. Shunda Lienn ishdan bo‘shashga va onasiz qolgan uloqlar uchun manzilgoh ochishga qaror qildi, deb yozadi “Nur.kz”.
2014-yilda fermaga tashrif buyurgan ayol kichkina uloqlarni yoqtirib qoldi. Bu uning Goats of Anarchy manzilgohini tashkil etishiga sabab bo‘ldi.
Endi jismoniy kamchilik yoki alohida ehtiyojlarga ega bo‘lgan bu kichik jonivorlar uni nima kiyish haqidagi savoldan ko‘proq tashvishlantiradi. Lienn, shuningdek, pakana ot, ikki quyon va cho‘chqa ham oldi.
“Men baland poshnalarni rezina etikka, Mercedes’ni esa klassik Chevrolet pikapiga almashtirishga qaror qildim. Bu men istagan hayot tarzi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Menga undagi barcha narsalar yoqadi”, — deydi Lienn.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)