Shu paytgacha olimlar Markaziy Afrikadagi Mitumba tog‘larida Yerning boshqa istalgan joyidan ko‘ra ko‘proq chaqmoqlar kuzatilishiga ishonib kelgan edi. Biroq sun’iy yo‘ldoshdan olingan ma’lumotlar Janubiy Amerikani birinchi o‘ringa qo‘ymoqda, deb yozadi National Geographic.
Ushbu fenomen uning topografik o‘ziga xosligi bilan bog‘liq deb hisoblanmoqda. Marakaybo ko‘li And tog‘laridan shimoldagi vodiyda joylashib, Venesuela ko‘rfaziga tutashib ketadi. Tog‘lardan esayotgan shamollar bu yerda dengiz shabadasi bilan to‘qnashadi, shuningdek, yuqori namlik deyarli har kuni tungi momaqaldiroqlarni keltirib chiqaradi.
Sayyoraning ana shunday qaynoq nuqtalari o‘nligiga quyidagi joylar kiritildi:
1-o‘rin: Marakaybo ko‘li, Venesuela
2-o‘rin: Kaxuzi-Biyega milliy bog‘i, Kongo Demokratik Respublikasi
3-o‘rin: Shabunda, Kongo Demokratik Respublikasi
4-o‘rin: Kaseres, Kolumbiya
5-o‘rin: Valikale, Kongo Demokratik Respublikasi
6-o‘rin: Daggar, Himolay
7-o‘rin: El-Tarra, Kamerun
8-o‘rin: Nguti, Kamerun
9-o‘rin: Butembo, Kongo Demokratik Respublikasi
10-o‘rin: Boende, Kongo Demokratik Respublikasi
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)