Ronaldu bugun bo‘lib o‘tadigan “Oltin to‘p–2016” taqdimot marosimida ishtirok eta olmaydi
Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoa Yaponiyada davom etayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida qatnashayotgani uchun bugun, 12-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Oltin to‘p–2016” mukofotining taqdimot marosimida ishtirok eta olmaydi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
“Real” 15-dekabr kuni musobaqaning yarim finalida Meksikaning “Amerika” klubiga qarshi bahs olib boradi. Ikkinchi yarim finalda Kolumbiyaning “Atletiko Nasyonal” jamoasi Yaponiyaning “Kasima Antlers” futbolchilariga qarshilik ko‘rsatadi.
Turnir finali 18-dekabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar