Qanday taom bersangiz ham bolajoningiz ishtaha bilan iste’mol qilishi uchun nima qilish kerak? Masalaga ijodiy yondashing, shunda kecha xayolingizga ham kelmagan taomni yedirish qanchalik oson ekaniga hayron qolasiz!
Rukn homiysi “Bolalar uchun LINEKS®”
*Yo‘riqnomaning to‘liq matni bilan ushbu havola bo‘yicha tanishishingiz mumkin.
Ba’zida kichkintoyni ovqatlantirish qanchalik qiyin bo‘lishi har qanday onaga ma’lum, ayniqsa ovqat o‘ta foydali bo‘lsa.
Baxtimizga “istamayman” muammosini o‘zgacha bir bezak yordamida osongina hal qilish mumkin. Balki, ayrim taomlarni tayyorlashga birmuncha ko‘proq vaqtingiz ketar, ammo ishonchingiz komil bo‘lsinki, bironta kichkintoy “ertaklardagidek” ovqatlanishdan bosh tortmaydi.
Bo‘tqa — har qanday ertalabki nonushtaning asosini tashkil etadi. Yengil harakat bilan zerikarli suli bo‘tqasini yoqimtoy chehraga aylantirish mumkin.
Biroz katta bolalarni buterbrod bilan siylash mumkin, biroq, buterbrodni yaxshi ko‘radigan kichkintoyingiz hali ikki yoshga to‘lmagan bo‘lsa, kolbasa o‘rniga nonning ustiga qaynatilgan yupqa go‘sht bo‘lagini qo‘ygan ma’qul.
*Yo‘riqnomaning to‘liq matni bilan ushbu havola bo‘yicha tanishishingiz mumkin.
Qaynoq taomlar ham mutlaqo yangicha ko‘rinishda tortiladi va shunchaki qiziqish uyg‘otibgina qolmay, balki bir olam zavq bag‘ishlaydi ham.
Hatto vinegret kabi kattalar taomi ham kichkintoyingizda samimiy qiziqish uyg‘otadi.
Oshpazlik sir-asrorlarini mukammal egallaganlar uchun esa odatiy taomlarni badiiy bezashning cheksiz sarhadlari ayon bo‘ladi.
*Yo‘riqnomaning to‘liq matni bilan ushbu havola bo‘yicha tanishishingiz mumkin.
Reklama huquqi asosida