• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti etib saylangani munosabati bilan qutlovlar kelmoqda

    4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, xorijiy mamlakatlarning taniqli jamoat arboblaridan samimiy tilaklar bildirilgan qutlovlar kelmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

    Foto: UzLife

    Foto: UzLife
    O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Muhtaram Prezident Janoblari!

    Sizning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan samimiy tabriklayman.

    Sizning rahbarligingizda O‘zbekiston demokratiyani mustahkamlash va qonun ustuvorligini ta’minlashda muvaffaqiyatlarga erishishiga, mintaqada yaqin qo‘shnichilik munosabatlarini izchil rivojlantirishga qaratilgan tashqi siyosat yuritish orqali Markaziy Osiyoda barqarorlikni yanada mustahkamlashga hissa qo‘shishiga ishonaman. Germaniya Federativ Respublikasi bundan buyon ham O‘zbekistonning ishonchli sherigi bo‘lish va o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga tayyor.

    Sizga mas’uliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, kuch-quvvat va omad tilayman.

    Yoaxim Gauk

    Germaniya Federativ

    Respublikasi Federal Prezidenti

     

    O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Siz Janobi Oliylariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz munosabati bilan samimiy tabriklarimni yo‘llashdan behad mamnunman.

    Fursatdan foydalanib, davlatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlardan mamnunligimizni izhor etib, mamlakatlarimiz manfaatlari yo‘lida ushbu munosabatlarni barcha sohalarda yanada rivojlantirish yo‘lida birgalikda sa’y-harakat qilishimizni ta’kidlayman.

    Siz Janobi Oliylariga sihat-salomatlik, baxt-saodat, O‘zbekiston va uning xalqiga doimiy rivoj va farovonlik tilayman.

    Janobi Oliylari, yuksak ehtiromlarimni qabul qilgaysiz.

    Shayx Saboh al-Ahmad al-Jobir as- Saboh,

    Kuvayt Davlati Amiri

     

    O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Muhtaram Shavkat Miromonovich!

    Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

    Ishonchim komilki, birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasida xalqlarimiz manfaati, mintaqada tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash yo‘lida strategik sheriklikni, ko‘p tomonlama va serqirra hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashga xizmat qiladi.

    Muhtaram Shavkat Miromonovich, Sizga mustahkam sog‘lik, qardosh O‘zbekiston xalqi farovonligi yo‘lida davlat rahbari sifatidagi mas’uliyatli faoliyatingizga muvaffaqiyatlar tilayman.

    Hurmat bilan,

    Ilhom Aliyev,

    Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti

     

    O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Muhtaram Shavkat Miromonovich!

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan samimiy tabrigimni qabul qilgaysiz.

    Ukraina O‘zbekistonning jahon hamjamiyatining xalqaro huquq prinsiplari va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga qat’iy amal qiladigan obro‘li a’zosi sifatida bundan buyon ham izchil rivojlanishiga ishonadi.

    Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan o‘zaro manfaatli sheriklikning eng yaxshi an’analarini mustahkamlab, xalqlarimiz manfaati yo‘lida ikki tomonlama hamkorlik imkoniyatlarini to‘liq ishga solishga umid qilaman.

    Ukraina va O‘zbekiston o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik munosabatlarini yanada mustahkamlash maqsadida o‘zingiz uchun qulay vaqtda Ukrainaga tashrif buyurishingizni taklif qilaman.

    Hurmatli Shavkat Miromonovich, fursatdan foydalanib, Sizga mustahkam sog‘lik, davlat rahbari sifatidagi mas’uliyatli faoliyatingizga ulkan muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik, farovonlik tilayman.

    Ehtirom bilan,

    Pyotr Poroshenko,

    Ukraina Prezidenti

     

    O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Muhtaram Shavkat Miromonovich!

    Sizni Rossiya Federatsiyasi Hukumati va shaxsan o‘z nomimdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan samimiy tabriklayman.

    Saylovdagi ishonchli g‘alabangiz Siz davlat institutlarini yanada mustahkamlash, izchil ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va aholi farovonligini yuksaltirish bo‘yicha ilgari surgan yo‘nalishlarga saylovchilar ishonishidan dalolat beradi. Sizning rahbarligingizda O‘zbekiston barcha sohalarda yangi muvaffaqiyatlarga erishishiga aminman.

    Siz Rossiya bilan O‘zbekistonning do‘stona va sheriklik munosabatlarini kengaytirish, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga katta hissa qo‘shganingizni alohida ta’kidlayman. O‘zaro serqirra hamkorlikni rivojlantirish maqsadida hukumatlar darajasidagi ishlarni faol davom ettirishga tayyorman.

    Muhtaram Shavkat Miromonovich, Sizga mustahkam sog‘lik, farovonlik va davlat rahbari sifatidagi g‘oyat mas’uliyatli faoliyatingizga muvaffaqiyatlar tilayman.

    Ehtirom bilan,

    Dmitriy Medvedev,

    Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi

    Shuningdek, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
    • Bangladesh Xalq Respublikasi Bosh vaziri – Shayx Hasina Vazed
    • MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – ijrochi kotibi – Sergey Lebedev
    • Xalqaro valyuta jamg‘armasi ijrochi direktori – Kristin Lagard
    • Jahon sayyohlik tashkiloti Bosh kotibi – Taleb Rifai
    • Yevropa parlamenti vitse-prezidenti – Richard Charnetski
    • Yevropa ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili – Piter Burian
    • Yevropa parlamenti deputati – Artis Pabriks
    • Yevropa parlamenti deputati – Fulvio Martushello
    • Yaponiya parlamenti Maslahatchilar palatasi deputati – Kyoko Nakayama
    • Moskva va Butun Rus Patriarxi – Kirill
    • AQSh va Kanada Buxoro yahudiylari kongressi prezidenti – Boris Kandov
    • M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti rektori, akademik – Viktor Sadovnichiy
    • G. V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti rektori – Viktor Grishin
    • Koreya Respublikasi Inha universiteti prezidenti – Chve Sun Ja
    • Xitoyning “Poli Teknolojiz” kompaniyasi prezidenti – Van Lin
    • Rossiyaning “Transneft” kompaniyasi vitse-prezidenti – Vladimir Rushaylo
    Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

    09.12.2016, 20:55   Izoh (0)   20420
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbeklar uchun haqoratli deb topilgan “Eshak” reklamasi, Instagram’da “millioner”ga aylangan Shahzoda, Qoratoshdagi “chegirma tirbandligi” va kunning boshqa qiziq...

    09.12.2016, 20:04

    Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining virtual qabulxonasi ish boshladi

    09.12.2016, 15:25

    Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi ikki davlatning vaqt sinovidan o‘tgan do‘stligi haqida maqola yozdi

    09.12.2016, 14:50

    UMS va Click birgalikda yangi innovatsion servisni ishga tushirdi

    09.12.2016, 11:49

    Tumanli shahardan chiroyli kadr: Toshkent teleminorasi

    09.12.2016, 11:05

    O‘zbekiston TIVda Gruziya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    09.12.2016, 10:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.