“Barselona” jamoasining braziliyalik hujumchisi Neymar “Oltin to‘p” mukofoti uning asosiy maqsadi emasligini aytdi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
“Men ‘Barselona’da juda baxtliman va bu yerdagi hayotimdan mamnunman. ‘Oltin to‘p’ mukofotini yutishni maqsad qilganman, ammo uni deb o‘zimni o‘tga tashlamayman. Shunchaki baxtli inson bo‘lishni istayman. Agar ‘Oltin to‘p’ni yuta olmasam, katta fojia bo‘lmaydi.
Ushbu sovrin uzoq yillik mehnat natijasi uchun beriladi. Afsuski, ‘Oltin to‘p’ bitta, dunyodagi eng yaxshi futbolchi esa Messi. U bilan bir jamoada o‘ynaganimdan farxlanaman”, – dedi Neymar.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)