Myonxengladbaxning “Borussiya” futbol klubi yarim himoyachisi Alvaro Dominges belidagi muammo tufayli faoliyatini yakunladi. Bu haqda ispaniyalik futbolchi Facebook’dagi sahifasiga joylagan videomurojaatda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Shumxabar, men 27 yoshimda sport bilan shug‘ullana olmayman. Bugun futbol va muxlislar bilan xayrlashishga majburman”, – dedi Dominges.
Dominges ikki marta belidan operatsiya qilingan. Futbolchining oxirgi jarrohlik amaliyoti shu yilning sentabr oyida bo‘lib o‘tdi.
Ispaniyalik yarim himoyachi videomurojaatda tiklanish uchun barcha usullarni qo‘llab ko‘rganini, ammo buning uddasidan chiqa olmaganini aytdi.
Alvaro Dominges 2015-yilning noyabr oyidan buyon maydonga tushmayapti. Ispaniyalik futbolchi 2012-yilda “Atletiko”dan “Borussiya M” klubiga o‘tgandi.
Izoh (0)