“19:09” ko‘rsatuvida mehmon bo‘lgan boshlovchi Farhod Alimov yangi turmush o‘rtog‘i Rayhonga cheklovlar qo‘ymaydi, deb yozdi “Darakchi.uz”. Bunda nashr, tabiiyki, Farhod Alimovning so‘zlaridan iqtibos keltirgan.
“Bizda mutlaqo cheklovlar bo‘lmaydi. Oila o‘z o‘rnida, ishning ham o‘z o‘rni bor”, — degan Farhod Alimov.“Men turmush o‘rtog‘imga Instagram’dagi kuzatuvchilarining savollariga javob berishni taqiqlamayman. Ijtimoiy tarmoqlar orqali unga millionlab insonlar sevgi izhor qiladi. Men uy bekasiga emas, xizmat ko‘rsatgan artistga, mashhur insonga uylanganimni tushunaman. Shuning uchun bizda cheklov yo‘q. Bir-birimiz bilan ochiqchasiga gaplashamiz. Bizga nima yoqishi yoki yoqmasligini ham ochiqchasiga muhokama qilamiz”, — deb aytib o‘tgan oila boshlig‘i.
Ma’lumot uchun, Rayhon G‘aniyeva hamda Farhod Alimov nikohi munosabati bilan 5-noyabr kuni “Atlant” restoranida osh berilgandi.
Izoh (0)