Gaodagi (Mali) BMT Malini barqarorlashtirish missiyasi (MANUSMA) bazasi hududida xudkush mashinada o‘zini portlatib yubordi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Aytilishicha, terrorchi portlovchi modda to‘la mashinada baza hududiga kirib kelgan va uni havoga uchirgan. Teraktning yagona qurboni xudkushning o‘zi bo‘lib turibdi.
Ayrim manbalarga ko‘ra, voqea joyida bo‘lgan Rossiya vertolyoti jiddiy zararlangan. Vertolyot uchuvchisi u paytda bortda bo‘lmagani bois unga ziyon yetmagan.
Izoh (0)