Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi finalida Qarshining “Nasaf” jamoasini mag‘lub etgan “Lokomotiv” “oltin dubl” qayd etdi. Bir necha kun avval “temiryo‘lchilar” mamlakat chempionatida ham oltin medalni qo‘lga kiritgandi.
Uchrashuvdan keyin “Championat.asia” nashri har ikki klub vakillarining o‘yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.
Andrey Miklyayev — “Lokomotiv”
“O‘yin asabiy kechdi. Uchrashuvda har ikkala jamoa futbolchilari ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ydi. ‘Lokomotiv’ ajoyib mavsumni o‘tkazdi. Buning uchun klubdagi barchani tabriklayman. Bu bilan to‘xtab qolish yo‘q”.Ro‘ziqul Berdiyev — “Nasaf”
“Raqib bizga nisbatan tajribali chiqdi. Ularni g‘alaba bilan tabriklayman. Balki biz ko‘proq yugurdandirmiz, ammo ular bizdan ko‘ra aqlliroq o‘ynadi. Mag‘lubiyatda futbolchilarni ayblay olmayman. Ular qo‘llaridan kelganini qildi”.Temurxo‘ja Abduxoliqov — “Lokomotiv”
“Bugun yaxshi o‘ynamagan bo‘lsak-da, g‘alabaga erishdik. Tarixda natija qoladi. Mavsum oldidan oldimizga qo‘yilgan vazifalarni deyarli uddaladik. Bundan xursandmiz”.Fozil Musayev” — “Nasaf”
“Yomon o‘yin ko‘rsatmadik. 1 ta xato qildik va 1 ta gol o‘tkazdik. Shunchaki raqib bu yil stabil o‘yin namoyish qildi”.Ikrom Aliboyev — “Lokomotiv”
“Qiynaldik, final hech qachon oson bo‘lmaydi. G‘alabaning asosiy omili — yil bo‘yi qilingan mehnat. Bugungi harakatlarimdan ko‘nglim to‘lmadi. Men bundan yaxshiroq o‘ynay olaman”.
Izoh (0)