Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) mamlakatning ikkinchi ligasi – Chempionshipda harakat qilayotgan “Nyukasl” klubi yarim himoyachisi Jek Kolbekni totalizatorda o‘ynagani uchun 25 ming funt miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Kolbek 2016-yilning 28-mart kuni bo‘lib o‘tgan futbol o‘yiniga pul tikkani ma’lum bo‘ldi. FA 2014-yili futbolchi va murabbiylarga har qanday futbolga oid hodisalarga pul tikishni taqiqlagan edi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Jek Kolbek “Nyukasl” safida 11 o‘yinda maydonga tushdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)