Hindistondagi ikki transmilliy kompaniya tomonidan ishlab chiqariladigan besh turdagi alkogolsiz gazlangan ichimliklar namunalaridan qo‘rg‘oshin, kadmiy va xrom topildi. Bu haqda, NDTV telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Tekshiruvdan o‘tkazilgan ichimliklar Sprite, Mountain Dew, 7 Up, Pepsi-cola va Coca-Cola ekanligi aytilmoqda. Ular tekshiruvchilar tomonidan tasodifiy tartibda tanlab olingan edi.
Sog‘liqni saqlash davlat vaziri Faggan Singx Kulastening bu borada parlament yuqori palatasi so‘roviga javoban yo‘llagan maktubida aytilishicha, ichimliklar tarkibidan, yuqoridagi og‘ir metallardan tashqari, insonlar salomatligiga ziyon yetkazuvchi besh xil toksin ham topilgan.
Tadqiqotlar Butunhindiston gigiyena va jamoat sog‘lig‘i institutida o‘tkazildi. Plastik idishlardagi ichimliklardan zaharlanish holatlari ma’lum bo‘lganidan so‘ng bunday turdagi mahsulotlarni tekshiruvdan o‘tkazishga qaror qilindi.
Izoh (0)