Angliyaning “Sanderlend” klubiga ustozlik qilayotgan Devid Moyes Shotlandiya terma jamoasiga taklif etilishi mumkin, deb yozdi “Chempionat”.
Shotlandlarning Rossiya—2018 saralashidagi natijasi ko‘ngildagidek emas. Shu boisdan amaldagi bosh murabbiy katta ehtimol bilan iste’foga chiqariladi.
Angliya Premyer-Ligasidagi faoliyati orqali muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan Devid Moyes 1963-yil aynan Shotlandiyada tug‘ilgan.
“Manchester Yunayted”dagi futbolchilik faoliyati orqali tanilgan Ole-Gunnar Sulsher esa Norvegiya bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin. U ayni vaqtda “Molde” klubini boshqaradi. Qayd etish kerak, ikki kun oldin Norvegiya termasi bosh murabbiyi iste’foga chiqarilgandi.
Sulsher 1973-yil aynan Norvegiyada tavallud topgan.
Izoh (0)