Futbol bo‘yicha Norvegiya terma jamoasi bosh murabbiyi Per-Matias Xegmo iste’foga chiqishini ma’lum qildi. Bu haqda, Norvegiya futbol federatsiyasiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Federatsiya va men kelishuvga keldik, men bosh murabbiylikdan ketsam, terma jamoaga yaxshi bo‘ladi”, — dedi Xegmo.
11-noyabr kuni Norvegiya Chexiyadan 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. 2018-yilgi Jahon chempionati saralash turnirining “C” guruhida norvegiyaliklar to‘rt o‘yindan so‘ng uch ochko jamg‘arib, beshinchi o‘rinni egallab turibdi.