Argentinada Zika virusiga chalinish oqibatida inson halok bo‘lishining birinchi holati qayd etildi. Bu haqda, Nacion gazetasiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Xabarda ta’kidlanishicha, Tukuman provinsiyasida yangi tug‘ilgan chaqaloq mikrotsefaliya oqibatida halok bo‘ldi. Chaqaloqning onasi Zika virusiga chalingan edi.
“Zika virusini aniqlash uchun olingan tahlil natijalari ijobiy chiqdi. Tug‘ilganidan 10 kun o‘tib chaqaloq vaqtidan oldin tug‘ilgani va yengil vazn asoratlari oqibatida halok bo‘ldi”, – deyiladi xabarda.
Argentina sog‘liqni saqlab vazirligida onaning kasalligi haqida xabari bo‘lganini qayd etishdi. Ayol mutaxassislar ko‘rigi ostida bo‘lgani ham ta’kidlandi. Chaqaloq tug‘ilganidan so‘ng unda mikrotsefaliyadan tashqari boshqa organlarida muammolar borligi aniqlandi.Tukuman provinsiyasida Zika virusiga chalinishning jami 24 holati qayd etilgan. Ularning aksariyati 2016-yilning aprel–may oylarida aniqlangan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)