Amerikalik aktyor Stiven Sigal unga Rossiya fuqaroligi berilgani uchun tashakkur izhor qildi. Bu haqda uning agenti Anar Reyband ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.
“Men AQSh va Rossiya eng yaxshi do‘stlar va ittifoqchilar bo‘lishi kerakligini har doim aytganman. Atrofimizdagi muvaffaqiyatsiz propagandaga qaramay, men oldingiday bu g‘oyaga sodiqman va maqsadga erishish uchun tinimsiz ishlashga tayyorman. Men bu imkoniyat uchun juda minnatdorman”, — deyiladi aktyorning bayonotida.
“Otamning oilasi asosan Vladivostokdan. Shu bilan birga, mening oilam qisman Sibirdan, Sankt-Peterburgdan va hatto Belarusdan. Rossiyada va sobiq Ittifoq mamlakatlarida ko‘plab do‘stlarim va qarindoshlarim bor. Rossiyani qattiq hurmat qilaman va yaxshi ko‘raman. Ona yurtimni yaxshi ko‘rganday”, — qo‘shimcha qildi Sigal.
Izoh (0)