Emporis Skyscraper Award yillik mukofoti doirasida dunyoning eng chiroyli osmono‘par binolari aniqlandi. Reytingda Xitoydagi Shanxay minorasi yetakchilik qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Shanxay minorasi betakror dizayni, soniyasiga 20 metr tezlikda harakat qiladigan dunyodagi eng tezkor lifti va energiyadan tejamkorlik bilan foydalanilishi tufayli g‘oliblikka loyiq ko‘rildi.
Reytingdagi keyingi o‘rinlarni “Evolyutsiya” minorasi (Moskva, Rossiya), Il Dritto (Milan, Italiya), Jiangxi Nanchang Greenland Central Plaza (Nanchan, Xitoy), ABODE 318 (Melburn, Avstraliya), Icon Bay (Mayami, AQSh), D1 (Dubay, BAA), 432 Park-avenyu (Nyu-York, AQSh), Citygate (Vena, Avstriya) va ICE II (Toronto, Kanada) egalladi.
Izoh (0)