Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sayyoradagi yovvoyi hayvonlar soni oxirgi yarim asr mobaynida deyarli uchdan ikki qismga qisqardi. Bu haqda Yovvoyi tabiat fondi (WWF) va London zoologiya uyushmasining 27-oktabr, payshanba kuni chop etilgan hisobotida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “Interfaks”.

Foto: WWF

Foto: WWF
Hisobotda Yer yuzida dinozavrlar yo‘qolganidan beri umurtqalilarning bu tarzda ommaviy qirilishi birinchi marta kuzatilayotgani bildirilgan. Tadqiqotlar jonzotlar populyatsiyasi ayniqsa 1970—2012-yillarda keskin ravishda qisqarganini ko‘rsatdi. Shundan so‘ng sur’atlar biroz pasaydi, biroq olimlar 2020-yilga kelib baribir barcha hayvonlarning 67 foizi yo‘q bo‘lib ketishini taxmin qilmoqda.

Tadqiqotchilarga ko‘ra, mazkur raqamlar tabiiy ko‘rsatkichlardan yuz marotabadan ko‘proq oshiq. Bunga inson faoliyati — ov, o‘rmonlar kesilishi, atrof-muhit ifloslanishi va global isish sabab ekanligi ta’kidlanmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
O‘tgan yili birja bozorlarimiz rekord darajada o‘sdi — Respublika valyuta birjasi
Iqtisodiyot
“Rossiyaga qarshi eng yaxshi strategik javob”: Ukraina farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med”ni sotib oldi