Filippin prezidenti Rodrigo Duterte 26-oktabr, chorshanba kuni Filippinni chet ellik harbiylardan xalos etishni va buni yaqin ikki yil ichida amalga oshishini istashini ma’lum qildi. Bu haqda AP agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
“Biz Xitoy bilan do‘st bo‘lishimizni istayman. Menga qurol-yarog‘, mamlakatimda o‘rnatilgan raketalar, bombardimonchi samolyotlar uchun boshqa mamlakatlarning aerodromlari kerak emas”, — dedi Yaponiyaga uch kunlik tashrif bilan kelgan Duterte.
U Filippinning mustaqil tashqi siyosatiga erishishga harakat qilayotganiga urg‘u berdi.
“Biz Amerikaning yordamisiz ham yashay olamiz. Balki hayot darajamiz unchalik yuqori bo‘lmas, lekin yashay olamiz”, — dedi Duterte biznes vakillaridan iborat auditoriyaga murojaat qilar ekan.
Nashrning ma’lum qilishicha, 26-oktabr, chorshanba kuni Dutertening Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan uchrashishi kutilmoqda.
Izoh (0)