Los-Anjelesda istiqomat qiluvchi suratkash va dizayner Mayk Kelli jahonning 18 aeroportidan uchib chiqayotgan samolyotlarni suratga olishga ikki yil umrini sarfladi. Bir nuqtadan tushirilgan suratlardan u kollajlar yaratdi. Ushbu fotosuratlar odamlarga havo yo‘llari qay darajada ko‘p ishlatilishini ko‘rsatishi lozim, deb xabar beradi TJournal.
Loyiha Airportraits — “Aviaportretlar” nomini oldi. Uning doirasidagi ilk fotokollaj 2014-yilda e’lon qilingan edi. Los-Anjelesda tushirilgan suratlardan yasalgan kollaj internetda keng tarqalib, shuhratga erishdi, shundan so‘ng Kelli g‘oyani kengaytirishga qaror qildi.Foto: amerikalik dizayner o‘nlab soatlik aviatrafikni fotokollajlarga birlashtirdi
×