Suxumda davlat teleradiokompaniyasi binosi kirishida bomba portlatgan shaxs Abxaziya fuqarosi emas edi, portlash esa tasodif edi. Bu haqda Abxaziya Xavfsizlik kengashi kotibi Muhammad Kilba bayonot berdi, deb ma’lum qiladi “RBK”.
Kilbaning so‘zlariga qaraganda, terrorchi o‘zini portlatmoqchi bo‘lmagan. Terrorchi portlovchi uskunani shay holatga keltiraman deb uni portlatib yuborgan.
Kilbaning aniqlik kiritishicha, terrorchi Rossiyaning Rostov viloyatida istiqomat qilib kelgan va Abxaziyaga konkret siyosatchiga qarshi terakt uyushtirish uchun kelgan.
“U respublikaga 2-oktabrda kelgani aniqlandi. U amalga oshirmoqchi bo‘lgan terakt konkret abxaz siyosatchiga qarshi qaratilgan edi. Jinoyat qariyb fosh qilindi”, — uning so‘zlarini keltiradi “TASS”.
Izoh (0)