Tailandning ko‘plab fuqarolari uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 13-oktabr kuni vafot etgan qirol Pxumipon Adulyadetga oxirgi hurmatni bajo keltirish uchun Bangkokga yetib kelmoqda. Bu hadqa “TASS” xabar berdi.
Transport vazirligining ma’lum qilishicha, barcha provinsiyalardan poytaxtga kelayotgan avtobus va temiryo‘l reyslarining soni sezilarli darajada ko‘paygan. Tashuvchilardan ko‘pchiligi xizmatlarini tekin ko‘rsatishga qaror qilgan. Tailand aviakompaniyalari ham Bangkokga ichki reyslar sonini oshirgan.
Qirollik poytaxtida esa kishilarni shaharning turli nuqtalaridan Sanam Luang maydoniga yetkazuvchi tekin avtobuslar tarmog‘i joriy etilgan.
Pxumipon Adulyadetning jasadi 14-oktabr kuni shifoxonadan Qirollikning katta saroyiga yetkazildi. An’anaga ko‘ra, budda monarxlari 172 kun davomida, 21-yanvarga qadar monarxning qabrida duo o‘qiydi.
Hozir saroy atrofidagi hudud qirol bilan vidolashish uchun uzun navbatda turgan motam tutayotganlarning ulkan qora dengizini eslatadi.
Pxumipon Adulyadetni dafn etish sanasi hozircha noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, qirol Pxumipon Adulyadet 88 yoshida olamdan o‘tdi.