Erkaklarning ko‘ylaklarida tugmachalar o‘ng tomondan, ayollarnikida esa chap tomondan tikilishiga hech e’tibor berganmisiz? Nahotki bu dizaynerlarning qandaydir topilmasa bo‘lsa yoki ikki jins o‘rtasidagi farqni ko‘rsatib turishning yana bir yo‘limi?
Yo‘q, kichkinagina bu sirning javobi xayolimizga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday uydirmadan-da qiziqroq!
Ma’lum bo‘lishicha, erkaklar va ayollar ko‘ylaklaridagi farq XIII asrda — tugmachalar kashf etilganidan so‘ng paydo bo‘lgan, deb yozadi AdMe.
O‘sha vaqtlarda tugmachali ko‘ylaklarni faqat badavlat xonimlargina o‘ziga lozim ko‘ra olgan. Ayni vaqtda, o‘ziga to‘q ayollarning barchasida oqsochlar — boy xonimlarni har kuni kiyintirib qo‘yuvchi qizlar bo‘lgan.
Aynan shu sababli ham ayollarning ko‘ylaklarida tugmalar — ularni taqish xizmatkor ayollarga osonroq bo‘lishi uchun — chap tomondan tikilgan (bunda aksariyat odamlar o‘naqay ekanligi ham hisobga olingan).
Erkaklar esa, odatda, har doim o‘zi kiyingan. Shu sababli ham ularning ko‘ylaklarida tugmalar o‘ng tomondan tikilgan — ko‘ylagini mustaqil ravishda o‘zi kiyayotganlar uchun tugmalarning shunday turgani qulay.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)