Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santosni 2016-yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureati deb e’lon qilgan Norvegiya Nobel qo‘mitasi mukofot Janubiy Amerika respublikasidagi tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi deb umid qiladi. Bu haqda qo‘mita raisi Karin Sisille Kullman Five “TASS”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Foto: EPA

Foto: EPA

“Biz qilayotgan ishdan maqsad Kolumbiyada tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlashdir. Prezident Santos kabi biz ham referendumda tinchlik bitimining shartlariga qarshi ovoz bergan Kolimbiya xalqining demokratik tanlovini chuqur hurmat qilamiz, biroq jarayon yana ilgarilashini istaymiz”, — dedi u.

Uning so‘zlariga qaraganda, mukofot tinchlik jarayonini o‘rnatishdagi avvalgi muvaffaqiyatlar bilan birga uning muvaffaqiyatli yakunlanishi umidida ham taqdim etilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Android telefonlarda zilziladan ogohlantiruvchi funksiyani yoqish usuli (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda Ramazon oyi 23-martdan boshlanadi
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim