AQSh prezidenti Barak Obama 7-oktabr, juma kuni kelgusi oyda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari munosabati bilan muddatidan oldin ovoz berishda ishtirok etdi. Bu Amerika yetakchisi o‘zi mansub bo‘lgan Demokratlar partiyasi tadbirida ishtirok etish uchun ona shahri — Chikagoga kelganida yuz berdi, deya xabar beradi “TASS”.
Prezident Chikagoda mahalliy saylov komissiyasiga kelib, zarur hujjatlarni to‘ldirdi va ovoz berdi. Bu jarayonda Obama hazil tariqasida jurnalistlardan ovoz berish mashinasi ekranini to‘sishga harakat qildi, hatto komissiya xodimlaridan OAV vakillari u qaysi nomzodni ma’qullaganini ko‘rgan yoki yo‘qligi haqida so‘radi.
Jurnalistlarning kimga ovoz berganini ma’lum qilish haqidagi iltimosiga javoban Obama faqat istehzoli kulib qo‘ydi.
Izoh (0)