Gaitida “Mettyu” dovuli qurbonlari soni 877 kishiga yetdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Oldinroq 572 kishi tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lgani bildirilgandi.
Mamlakat rasmiylariga ko‘ra, Gaitida kamida 350 ming kishi yordamga muhtoj, dovuldan eng ko‘p aziyat chekkan orol janubida 3,2 mingdan ortiq turar-joy vayron bo‘lgan. Qator mamlakatlar, jumladan, AQSh, Fransiya va Venesuela Gaitiga yordam berish rejalarini ma’lum qildi.
Hozirda “Mettyu” AQSh hududida Jorjiya va Janubiy Karolina shtatlari yo‘nalishida soniyasiga 5,5 metr tezlikda harakatlanmoqda. Mazkur ikki shtat, shuningdek, Florida va Shimoliy Karolinada favqulodda holat e’lon qilindi.
Izoh (0)