Rossiya Sport vazirligi Checheniston poytaxti Grozniy shahrida 4-oktabr kuni yosh bolalar ishtirokida o‘tkazilgan Grand Prix Akhmat 2016 aralash janglar turniri yuzasidan oydinlik kiritadi. Bu haqda Sport vaziri o‘rinbosari Pavel Kolobkov “TASS”ga ma’lum qildi.
“Ushbu holat yuzasidan oydinlik kiritamiz. Bu haqda ma’lumotlar olamiz”, – dedi Kolobkov. Rossiya sport vaziri o‘rinbosari, shuningdek, 12 yoshga to‘lmagan bolalar ringga ko‘tarilishi mumkin emasligini ta’kidladi.
Rossiya aralash janglar san’ati (MMA) prezidenti hamda sobiq MMA jangchisi Fyodor Yemelyanenko yosh bolalar ishtirokidagi ushbu turnirni keskin tanqid qildi.
Qayd etish joiz, Grand Prix Akhmat 2016 aralash janglar turnirida Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning uchala o‘g‘li ko‘rgazmali bellashuvlarda ishtirok etib, barchasi g‘alaba qozondi.
Izoh (0)