Bunga qadar Xitoyning “Shanxay” klubiga tegishli bo‘lgan malilik Muhammad Sissokoning transfer huquqini Hindiston jamoasi “Pune Siti” qo‘lga kiritdi. Bu haqda jamoaning Twitter’dagi sahifasi ma’lumot berdi.
31 yoshni qarshilagan Muhammad Sissoko 2002-yil Fransiyaning “Oser” klubida professional faoliyatini boshlagan bo‘lsa, keyinroq “Valensiya”, “Liverpul”, “Yuventus”, “PSJ”, “Fiorentina” kabi jamoalarda to‘p surgan.
Izoh (0)