“Barselona” himoyachisi Jeremi Matye Fransiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi, deb xabar berdi L`Équipe.
Fransiya ustozi Didye Desham Matyeni 7-oktabrda Bolgariya va 10-oktabr kuni Gollandiya bilan bo‘lib o‘tadigan JCh—2018 saralashi doirasidagi o‘yinlarga taklif qilgandi. Shundan so‘ng himoyachi Desham bilan suxbatlashib oldi va termadagi o‘rnini yoshlarga bo‘shatishga qaror qildi.
1983-yilda tavallud topgan himoyachi Fransiya termasi safida bor-yo‘g‘i 5 ta o‘yinda maydonga tushgani haqida “Futbol Kulichki” nashri xabar berdi.
Izoh (0)