Braziliyaning San-Paulu shtati Jardinopolis shahrida joylashgan qamoqxonadan 470 nafar mahbus qochib ketdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Mahbuslar isyon ko‘tarib, qamoqxona binolaridan biriga o‘t qo‘ydi, shundan keyin undan qochib ketdi.
Hozirgi vaqtda qochoq mahbuslarning 338 nafari qo‘lga olingan. Qolgan 132 nafari hamon ozodlikda qolmoqda.
Jardinopolis qamoqxonasi 1000 nafardan ko‘proq mahbusga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, hozir unda 1,8 mingdan ortiq odam jazo o‘tamoqda.
Izoh (0)