Suriya armiyasi 23-sentabr kuni Aleppo shahrining sharqiy tumanlarini ozod qilish bo‘yicha operatsiyani boshlab yubordi. Bu haqda, armiya qo‘mondonligi bayonotiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Qo‘mondonlik o‘z bayonotida tinch aholiga qurolli guruhlar marralariga yaqin hududlarni tark etishni tavsiya qildi.
Ta’kidlanishicha, ushbu hududlarni Suriya armiyasi pozitsiyalari orqali tark etishni xohlagan fuqarolar qo‘lga olinmaydi. Ularga qabul va boshpana ta’minlanadi.
Izoh (0)