Kuba inqilobining tarixiy yetakchisi Fidel Kastro 19-sentabr, dushanba kuni Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan xalqaro vaziyat va ba’zi dunyoviy muammolarni muhokama qildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Kuba milliy televideniyesining ma’lum qilishicha, Fidel Kastro va Eron yetakchisi murakkab xalqaro vaziyatni tahlil qilib, iqlim o‘zgarishlari xavf solayotgan dunyoda oziq-ovqat ishlab chiqarilishi muhimligini ta’kidladi.
Dushanbadan buyon rasmiy tashrif bilan Kubada bo‘lib turgan Hasan Ruhoniy Karib havzasidagi bu davlatga safaridan mamnun ekanligini ma’lum qilgan.
Fidel Kastro va Hasan Ruhoniy do‘stona uchrashuv yakunida Kuba va Eron xalqlari hamkorligini rivojlantirish istagi bildirilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)