Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Kolumbiya chempionatining navbatdagi turida musobaqaning autsayderlari — “Kortulua” va “Fortaleza” klublari o‘zaro bahs olib bordi. O‘yinning 23-daqiqasida 0:2 hisobida ortda borayotgan “Fortaleza”ni klub darvozaboni mag‘lubiyatdan qutqardi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.

Foto: “Korrespondent.net”

Foto: “Korrespondent.net”

34 yoshli darvozabon Nelson Ramos dastlab jarima zarbasidan gol kiritib, hisobni qisqartirdi.

Shundan so‘ng  Ramos hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda jarima zarbasidan to‘pni jamoadoshiga uzatdi va u boshi bilan to‘pni raqib darvozasiga yo‘naltirdi.

Qayd etish joiz, bu gol Nelson Ramos uchun faoliyatidagi beshinchi gol bo‘ldi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Oila a’zolari tomonidan muntazam jinsiy zo‘ravonlikka uchrayotgan bolalar ham topiladi” — Bolalar ombudsmani
Mahalliy
Sogʻliqni saqlash vaziri: Taʼlimda oʻzgarish qilmas ekanmiz, tibbiyot ham oʻzgarmaydi
Mahalliy
Buxoroda Nexia-2 ariqqa tushib ketdi (video)