Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

15-sentabr, payshanba kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uni komissiya raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov olib bordi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Foto: UzReport

Foto: UzReport

Yig‘ilishda shu yil dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga asosiy tadbirlar dasturiga muvofiq jiddiy tayyorgarlik ko‘rilayotgani ta’kidlandi. 

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunning 9 va 14-moddalariga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish bo‘yicha saylov okruglarini tashkil etish haqida qaror qabul qilindi. Saylov okruglari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladi. Saylovchilar soni va okrug saylov komissiyalari manzili ko‘rsatilgan saylov okruglari ro‘yxati OAVda e’lon qilinadi. 

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga tegishli boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi