Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) o‘zbekistonlik tennis arbitrlari Sherzod Hasanov va Arxip Molotyaginni mas’ul shaxslar fe’l-atvori kodeksini buzgani uchun bir umrga diskvalifikatsiya qildi. Bu haqda, federatsiya matbuot xizmatiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Hasanov va Molotyagin uchinchi tomon bukmekerlik o‘yinlarida manfaat ko‘rishi uchun hisobda g‘irromlik qilganlikda ayblandi.
O‘zbekistonning bu ikki vakili hakamlik sertifikatlaridan mahrum qilindi va endi hech qachon ITF, professional tennischilar uyushmasi (ATP) hamda Ayollar tennis uyushmasi (WTA) shafeligidagi turnirlarda hakam sifatida ishtirok eta olmaydi.
Izoh (0)