IShID terrorchi guruhi birinchi marta Keniyada sodir etilgan hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
10-sentabr kuni Keniyaning Mombasa shahrida tanasi va yuzi butunlay yopilgan uch ayol shahar politsiya idorasi binosiga hujum uyushtirdi. Hujum qilgan terrorchilar huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan otib tashlandi.
Agentlik internetda ommalashtirilgan ma’lumotlarga tayangan holda ayollar IShID tarafdorlari bo‘lganini va guruh topshirig‘iga ko‘ra harakat qilganini uqtirmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)