MDH davlatlarining Ichki ishlar vazirliklari 2018-yili futbol bo‘yicha Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati oldidan qoidabuzar muxlislar haqidagi ma’lumotlar bazasini birlashtiradi. Bu haqdagi kelishuv MDH davlatlari ichki ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida imzolandi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“MDHning har bir davlatida qoida buzishga moyilligi bo‘lgan ma’lum miqdordagi shaxslar haqida ma’lumotlar bor, shu sababli ushbu ma’lumotlarni almashish imkoniyatini birlashtirishga qaror qildik”, – dedi Rossiya Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev.
Qoidabuzar muxlislar bazasi MDH davlatlari hududida Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashni muvofiqlashtirish byurosi tomonidan tashkil etiladi.
Izoh (0)