AQShlik xonanda Beyonse ovozidagi muammo tufayli dunyo bo‘ylab turnesini ma’lum muddatga qoldirdi. Bu haqda Entertainment Weekly’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
7-sentabr, chorshanba kuni xonanda Nyu-Jersi shtatidagi Ist-Raterford shahrida qo‘shiq kuylashi kerak edi. Ammo shifokorning Beyonsega hordiq chiqarish tavsiyasidan so‘ng konsert 7-oktabrga qoldirildi.
Tashkilotchilar ushbu hodisa yuzasidan tomoshabinlardan uzr so‘radi. Bekor qilingan konsert uchun sotib olingan chiptalardan oktabrdagi shouda foydalansa bo‘ladi.
35 yoshli xonanda 10-sentabr, shanba kuni Missuri shtatidagi Sent-Luis shahrida konsert berishi kutilmoqda. Shundan so‘ng Beyonse Los-Anjeles, Xyuston, Yangi Orlean, Filadelfiya va boshqa shaharlarga yo‘l olishi kerak.
Izoh (0)