Venetsiya kinofestivalida uning tarixida ilk marotaba serial namoyish etishdi, u rejissor Paolo Sorrentinoning “Yosh papa” seriali bo‘ldi, deb yozadi “Kommersant”.
Festival tashrifchilariga ikkita seriyani ko‘rsatishdi, jami sakkizta seriya rejalashtirilgan — ular kuzda Italiyaning xususiy televideniyesi orqali namoyish qilinadi.
Bosh rolni Jud Lou ijro etadigan serial Rim papasi Piy XIII ning hayoti va uning cherkovni qayta isloh qilishga urinishlari haqida hikoya qiladi.
Syujetga to‘qima hikoya asos qilib olingan bo‘lsa-da, ekspertlar rejissorning papa davlatining nozik jihatlaridan xabardorligini qayd etdi. Serialda o‘tkir kinoya seziladi, ammo Vatikan bunga munosabat bildirganicha yo‘q.
Izoh (0)