Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

IShID terrorchilik tashkiloti 5-sentabr, dushanba kuni Suriyada yuz bergan ketma-ket teraktlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RIA Novosti” agentligi xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Xabar berishlaricha, dushanba kuni tongda Damashq, Tartus, Xoms va Hasaka shaharlarida xudkushlar vositasida oltita portlash amalga oshirildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 50 dan ortiq.

Avvalroq IShID Hasakadagi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani haqida xabar berilgan edi.

Suriyalik bir qator ekspertlarning fikricha, Suriyadagi ketma-ket teraktlar hukumat kuchlarining Aleppodagi muvaffaqiyatlariga javob munosabati bo‘lishi mumkin. 4-sentabr, yakshanba kuni Suriya armiyasi Aleppo janubidagi harbiy bilim yurti binosini to‘liq ozod qilgan edi.

Suriyada 2011-yil martidan beri qurolli nizo davom etmoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda to‘qnashuvlar boshlanganidan beri 220 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak