Rossiyaning Krasnodar o‘lkasidagi Yeysk shahrida turistlar bo‘yinbog‘iga 1 million rublga teng zargarlik buyumlari mahkamlangan itni yo‘qotib qo‘ydi. Qimmatbaho buyumlar yo‘qolmasligi uchun ular aynan jonivorning bo‘yniga qotirilgan edi, deb xabar bermoqda TJournal.
Ukrainaning Xarkov shahrida istiqomat qiluvchi Yelena ismli ayol Yeysk sohillariga ikki farzandi va Juliya laqabli taksa zotli iti bilan tashrif buyurdi. Uy hayvoniga uning egalari cho‘milayotgan vaqtda qimmatbaho buyumlarni qo‘riqlash vazifasi qo‘yilgandi. Zargarlik buyumlari dengizda yo‘qolib qolmasligi uchun ular qopchaga joylanib, Juliyaning bo‘yniga mahkamlanar edi.
Yeysk kurortlariga safar oldidan Yelena har doimgidek barcha zargarlik buyumlarini itiga ishonib topshirgandi. Odatda it o‘z egalari dengiz sohilida kutar edi, ammo bu safar u o‘z joyida yo‘q edi.
Juliya egasining so‘zlariga ko‘ra, yo‘qotishlar 400 ming grivna (1 million rubldan ortiq)ni tashkil qildi. Yelenaning aytishicha, u qimmatbaho buyumlaridan emas, 5 yil ichida oilasi a’zosiga aylangan itidan ko‘proq xavotirda.
Izoh (0)