O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh–2018 turniriga saralashning uchinchi bosqichidagi raqiblaridan biri – Suriya uy uchrashuvlarini Makaoda o‘tkazadi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati.
Avvalroq mamlakatdagi notinch vaziyat sababli o‘z uy o‘yinlarini Livanda o‘tkazishini ma’lum qilgan Suriya terma jamoasi Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyat sabab uy uchrashuvi uchun boshqa neytral maydon topishga qaror qildi va o‘yinlarini Makaoda o‘tkazish bo‘yicha Osiyo futbol konfederatsiyasiga murojaat qildi. FIFA hamda OFK ushbu murojaatga ijobiy javob berdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2017-yilning 23-mart kuni Suriyaga qarshi o‘yinni Makaoda o‘tkazadigan bo‘ldi.
Ta’kidlash kerakki, 1-sentabr kuni Toshkentda O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi maydonga chiqadigan Suriya, 2-turda Makaoda Janubiy Koreyani qabul qiladi.
Izoh (0)