Ganalik futbolchi Kevin-Prins Boatengga Yevropaning eng kuchli to‘rtta chempionatida gol urish nasib qildi.
Ayni vaqtda Ispaniyaning “Las-Palmas” klubi sharafini himoya qilayotgan Boateng La Liga 1-turida “Valensiya” darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. U bunga qadar Premyer-Liga, Bundesliga va A seriyada ham o‘z nomiga gol yozib qo‘ygan.
Kevin-Prins Premyer-Liganing “Portsmut” klubida, Bundesliganing “Shalke”sida, A seriyaning esa “Milan” klubida raqiblar darvozasiga yo‘l topgan futbolchi hisoblanadi.
Unga qadar Florin Reduchoy, George Popesku, Yon-Dal Tomasson, Pyer Vome hamda Obafemi Martins kabi futbolchilar shunday muvaffaqiyatga erishgandi, deb yozdi “Championat.asia”.
Izoh (0)