Amerikalik aktyor va kulturizm ustasi Arnold Shvarsenegger Gonkong xalqiga rivojlanishning muvozanatga solingan yo‘lidan borishni maslahat berdi, bunda aqliy va jismoniy kuchning mutanosibligi muhimligini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Gollivud yulduzi Gonkongga Classic Asia Multi-Sport Festival sport xilma-xilligi festivalida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan edi.
“Odam qabrga tushmaguniga qadar o‘z tanasi ustida ishlamog‘i lozim. Aqliy ko‘nikmalarni mashq qildirish ham bunday kam ahamiyatga ega emas”, — dedi u auditoriyaga murojaatida.
Uning so‘zlariga qaraganda, har bir kishining oldida tanlov turadi — yashamoq yoki mavjud bo‘lmoq.
“Siz har kech oyna qarshisida turib, o‘zingizga ‘Bugun men ko‘p narsa o‘rgandim’ deya olishingiz kerak”, — so‘zida davom etdi aktyor.
U hozir ham ertalab 05:00 da turishini va sport zalida shug‘ullanishini ma’lum qildi.
Izoh (0)