Amerikalik komik aktyor, “Emmi” mukofoti laureati hamda yahudiy tilda teatr yulduzi Fayvush Finkel 14-avgust kuni, Nyu-York shahrida 93 yoshida vafot etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Fayvush (Filip) Finkel 1922-yil Bruklinda, yahudiy muhojirlar oilasida dunyoga keldi. Uning otasi polshalik, onasi esa belarus bo‘lgan. U 10 yoshidan Nyu-Yorkdagi yahudiy tilda olib boriladigan ko‘plab teatrlarda chiqa boshlagan.
1965-yilda Finkelning Brodveydagi Fiddler On The Roof (“Skripkachi tomda”) myuziklida debyuti bo‘lib o‘tdi.
Aktyor nufuzli “Emmi” kinomukofotini qo‘lga kiritib, 1994-yilda CBS telekompaniyasining “Qilichbozlar guruhi” teleserialidagi ikkinchi darajali roli uchun “Oltin globus” mukofotiga nomzodlik qildi.
Fayvush Finkel “Boston maktabi”, “Qonun va tartib” va “Tonggi gazeta” seriallaridagi rollari bilan mashhur sanalgan.
Izoh (0)